'Wheelys' Shved kompaniyasi Xitoyning Shanghai shahriga o'zining antiqa ixtirosini sinov uchun yubordi. Gap shundaki Moby Mart deb nomlangan ushbu ixtiro o'zi yurar avtomatik online do'kon deb atash mumkin.
Tashqi ko'rinishdan do'konni oynali avtobusga qiyoslash mumkin. Do'konga kirish uchun eshikdagi maxsus QR kodni mobil qurilmangiz yordamida skanerdan o'tkazishingiz kifoya. Ichkarida esa sizga xarid qilishda yordam berishga shay virtual yordamchi-gologramma qarshi oladi.
Do'konda turli keng miqyosdagi maxsulotlar mavjud bo'lib, yangi oziq-ovqat maxsulotlaridan tortib, matbuot va kiyim-kechak ham harid qilishingiz mumkin. Moby Martda hech qanday kassa mavjud emas. To'lov pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Xaridor o'ziga kerakli maxsulotni ko'rsatib o'tsa bas, barcha ishni dastur va maxsus ilovalar amalga oshiradi.
Xozirda ushbu do'kon test shaklida ishlamoqda. Test davrida uni mutahassislar boshqarib borishmoqda. Test yakunlanganidan so'ng, do'kon avtomatik tarzda ish faoliyatini olib boradi. Ya'ni sun'iy idrok va kompyuter dasturlari bu masalada birinchi o'ringa chiqadi. Bundan tashqari do'kon qizg'in harid nuqtalarini aniqlaydi va ushbu nuqtalarga kerakli maxsulotlar bilan yetib keladi.
Kelajakda ushbu o'zi yurar do'konni bir necha yangi imkoniyatlar bilan to'ldirish rejalashtirilgan. Jumladan Mobi Mart o'zi maxsulot omborlariga kirib kerakli miqdordagi tovarlarni olib ketishi mumkin bo'ladi. Bundan tashqari foydalanuvchilar ushbu do'konni o'z uylariga maxsus ilova yordamida chaqirtirishlari ham mumkin bo'ladi.
Ushbu do'kon ishlab chiqaruvchilar tomonidan 30 000$ga baholanmoqda. Agarda test natijalari omadli yakun topsa, bunday do'konlarni ishlab chiqarish 2018-yildan ommaviy tarzda amalga oshiriladi. Kim biladi deysiz, balki yaqin 3-4 yildan so'ng bizning ko'chalardan ham shu kabi online o'zi yurar do'konlar sayr etib qolsa...
Izohlar