Intel kompaniyasi desktop qurilmalar uchun o'zining Core protsessorlarining yangi sakkizinchi avlodini taqdim etdi.
Coffee Lake nomi bilan ishlab chiqariluvchi yangi avlod protsessorlari 14-nanometr texprotsess asosida ishlangan bo'lib, avvalgi avlodlar bo'lmish Kaby Lake va Sky Lake arxitekturasi bilan bir hil. Sakkizinchi avlodning asosiy o'zgarishlaridan biri bu jismoniy yadrolarning oshganligidadir. Endi foydalanuvchilar uchun to'rt yadroli Core i3 va olti yadroli Core i5 protsessorlarini sotib olishlari mumkin. Umumiy hisobda oltita yangi protsessorlar taqdim etilgan bo'lib, ular asosan o'yinlarni sevuvchi geymerlar, video montaj hamda razgon-kuchaytirishni xush ko'ruvchilar uchun mo'ljallangan.
Intelning takidlashicha, yangi Core i7-8700K o'zi tomonidan ishlab chiqarilgan protsessorlar orasida eng yaxshi o'yinbop protsessor sifatida baxolamoqda. Yangi protsessor avvalgi avlodga nisbatan o'yinlardagi kadrlar almashinuvini 25%ga oshiradi. Bundan tashqari videoni taxrirlashda ham o'sishga erishilgan.
Sakkizinchi avlod Intel Core protsessorlari 5-oktabridan sotuvga chiqishi mo'ljallangan. Narxlari esa yuqoridagi fotosuratda ko'rsatib o'tilgan. Ashaddiy o'yinsevarlar geymerlar hamda video montajchilar uchun narxlar unchalik ham qo'rqinchili emas.
Izohlar