HMD Nokia 3310 telefonining 3G variantini taqdim etdi

HMD kompaniyasi Nokia 3310 telefonining 3G tarmog'ini qo'llovchi versiyasini taqdim etdi.


Nokia 3310 telefoninig yangilangan varianti shu yilning fevral oyida MWC 2017 tadbiri mobaynida ommaga taqdim etilgan edi. Lekin model faqatgina 2G tarmog'ida ishlay olar edi. Shu maqsadda HMD kompaniyasi tezkorlik bilan yangilangan variantni yanada yangilashga kirishdi va 3G tarmog'ida ishlay oluvchi variant ham paydo bo'ldi. Gap shundaki ko'pgina yetakchi mamlakatlarda mobil operatorlar allaqachon 2G tarmog'idan voz kechish strategiyasini boshlab yuborishgan. Shu sababli ham yangilangan Nokia 3310 ushbu davlatlarda sotuvsiz qolib ketishi mumkin edi.

3G tarmog'ida ishlay oladigan Nokia 3310 69 yevrodan tez orada sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив